"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng o‘z g‘oyalaridan chekinmoqchi emas. O‘tgan chorshanba kuni myunxenliklar "Barselona" bilan mehmonda yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi - 1:4.
Sport Bild xabariga ko‘ra, o‘yindan so‘ng Kompani shunday dedi: "Chempionlar ligasida hech narsa hal qilinmagan, bu yangi format. Biz saboq olishimiz kerak. Biz rejamizga sodiq qolishda davom etamiz".
Chempionlar ligasining dastlabki uch turida ikkita mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa-da, murabbiy o‘z o‘yin uslubidan chetga chiqmasligini aniq aytib o‘tdi.