"Real"ning sobiq hujumchisi Karim Benzema "Oltin to‘p"ning Rodriga berilishi haqidagi fikri bilan o‘rtoqlashdi. Vinisius Junior bu sovringa asosiy da’vogar hisoblangan, ammo g‘alaba ispaniyalik yarim himoyachiga nasib etdi.
"Viniga achindim. Men u bilan gaplashdim, u xafa, bu normal holat. Butun dunyo sizdan “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishingizni kutsa, bu juda qiyin, ammo oxirgi lahzada boshqacha bo‘lib chiqadi.
Rodri yaxshi o‘yinchi, menda unga qarshi hech narsa yo‘q, lekin divanda yotib futbol ko‘rsam, Rodrining o‘yinida "uxx" deb hayqirishga majbur qiladigan hech narsani ko‘rmayapman. Vini buni tez-tez qiladi", - dedi Benzema.