Yaqinda Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etgan Roberto Manchini kelajak haqidagi savolga javob berdi. Mutaxassis o‘tgan hafta ishsiz qoldi.
Mish-mishlarga ko‘ra, italiyalik hamkorlikni muddatidan oldin to‘xtatgani uchun 25-30 million yevro miqdorida tovon puli olgan. Biroq, murabbiyning o‘zi bu ma’lumotni tasdiqlamadi.
"Hayotda nima bo‘lishini hech qachon bilmaysan. Italiya terma jamoasi mamlakatning asosiy jamoasi hisoblanadi. Biz birgalikda juda ko‘p yutuqlarga erishdik, jumladan, rekord darajadagi mag‘lubiyatsiz seriyamiz bor", - dedi 59 yoshli murabbiy.