Portugaliya terma jamoasi futzalchisi Bruno Koelyo Qozog‘iston terma jamoasiga qarshi JCH 1/8 final uchrashuvidan umidlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Ularda hali ham dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri bo‘lgan Igita, Duglas va boshqa tajribali futbolchilar, yaxshi murabbiy bor. Ularning tarkibi bilan qanday muammolarga duch kelishidan qat’i nazar, biz, albatta, oson o‘yin bo‘lishini kutmaymiz", - dedi portugaliyalik futzalchi.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston - Portugaliya uchrashuvi 26 sentyabr kuni Andijonda bo‘lib o‘tadi.