"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Federiko Kyeza bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi. Qanot futbolchisi o‘tgan yozda "Yuventus"dan ko‘chib o‘tgandan so‘ng "qizillar" safiga qo‘shilgandi.
Italiyalik futbolchi Angliyada debyut qilishdan oldin formaga kirishi uchun ancha vaqt talab qildi, keyin esa bor-yo‘g‘i uchta o‘yin o‘tkazib, jarohat oldi.
"Kyeza yanvarda ijara asosida ketadimi? Men bu haqda o‘ylamagan edim. Hozir u formaga kirib olishi kerak, keyin ko‘ramiz. U bizning mavsumoldi mashg‘ulotlarimizda qatnashmadi va "Yuventus"da u loyihadan tashqarida bo‘lgani uchun past intensivlik bilan mashg‘ulot o‘tkazdi.
Bunday yozdan keyin Angliya Premyer-ligasida darhol o‘zini ko‘rsatish har qanday futbolchi uchun qiyin bo‘lardi. Biz bunga tayyor edik. Hozir biz uni ortiqcha yuklama bermasdan tezda maydonga qaytarish yo‘lini qidirmoqdamiz. Hozircha hammasi yaxshi ketayotgani yo‘q", — deydi Slot.