"Oltin to‘p" uchun kurashdagi mag‘lubiyat Vinisius Junior uchun qanchalik zarba bo‘lganini aytish qiyin.
"Real Madrid"ning hujumchisi ovoz berishda kutilmaganda “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodridan ortda qolib, ikkinchi o‘rinni egalladi. Vinisiusni ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab jamoadoshlari qo‘llab-quvvatlagan.
Endi braziliyalik futbolchi "Real Madrid"ning jamoaviy suratini chop etdi va "Birgalikda", deb izoh qoldirdi.
Eslatib o‘tamiz, dushanba oqshomida Vinisius “Oltin to‘p”ni topshirish marosimida ishtirok etmagandi. "Real Madrid" vakillari tadbir uchun Parijga bormaslikka qaror qilishdi.