"Real Madrid" hujumchisi Vinisius Junior "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish uchun favorit hisoblangan.
Biroq braziliyalik futbolchi ovoz berishda ispaniyalik Rodriga imkoniyatni boy berib, ikkinchi o‘rinni egalladi.
Xabaringiz bor, “Real” “Oltin to‘p”ni topshirish marosimini o‘tkazib yubordi. Madridliklar Rodrining g‘alabasi haqida ma’lumot olishlari bilan Parijga charter reysni bekor qildi.
Insayd ma’lumotlar paydo bo‘lganidan ko‘p o‘tmay, mashhur Chupa Chups kompaniyasining sahifasida qiziqarli post paydo bo‘ldi.
“Biz senga oltin Chupa Chups tayyorlayapmiz, Vini? Bu oqshom siz uchun qiyin bo‘ladi shekilli”, — deyiladi postda.