"Sky Sport" jurnalisti Florian Plettenberg xabariga ko‘ra, «Bavariya» hujumchisi Matis Tel qishki transfer oynasida ijaraga berilishi mumkin.
Manbaning xabariga ko‘ra, Myunxen klubi uning o‘yin vaqtini ta’minlash uchun muayyan shartlar ostida bu variantni ko‘rib chiqishi mumkin.
Hozircha yakuniy qaror yo‘q.
19 yoshli fransiyalik futbolchi ijaraga ketmaslik uchun o‘zini ko‘rsatish niyatida. «Verder» va boshqa bir qancha Bundesliga klublari so‘nggi bir necha oy ichida uning nomzodi bo‘yicha surishtiruv o‘tkazishdi.
Joriy mavsumda Tel 6 ta o‘yinda ishtirok etdi.