Milanning “Inter” klubi jamoaning ikki asosiy himoyachisi Franchesko Acherbi va Matteo Darmian bilan shartnomani 2026 yilning yoziga qadar uzaytirdi.
Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.
Qizig‘i, "Inter" ikki nafar faxriy bilan yangi shartnoma imzolangani haqida rasman xabar bermadi. Italiya jamoasi himoyachilari bilan shartnoma uzaytirilganidan klubning yaqinda e’lon qilingan o‘tgan mavsum uchun moliyaviy hisoboti dalolat beradi.
Darmian “Inter” safida 2020 yilning yozidan buyon o‘ynamoqda. Acherbi 2022 yildan beri amaldagi Italiya chempionlarining sharafini himoya qilib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 19 oktyabr, yakshanba kuni “Inter” A Seriyaning 9-turi markaziy uchrashuvida “Yuventus” bilan o‘z maydonida 4:4 hisobida durang o‘ynadi. Hozircha Simone Indzagi shogirdlari Italiya chempionati turnir jadvalida “Napoli”dan 4 ochko ortda qolib, ikkinchi o‘rinda bormoqda.