"Atletiko" Rodrini "Oltin to‘p"ni olgani bilan tabrikladi.
Kecha Parijda o‘tkazilgan marosimda 28 yoshli ispaniyalik futbolchi France Football talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi.
"Manchester Siti" yarim himoyachisi 2007-2013 yillarda "Atletiko Madrid"ning yoshlar jamoalarida, shuningdek, 2018/19 yilgi mavsumda asosiy jamoada o‘ynagan.
"Atletiko" sizni futbolchi va shaxs sifatida rivojlanib, o‘sib borayotganingizni kuzatadi. Siz erishgan barcha narsalaringizni va hali erishishingiz kerak bo‘lgan hamma narsani ko‘rish biz uchun katta sharafdir", - deyiladi “Atletiko” matbuot xizmati bayonotida.