France Football bosh muharriri Vensan Garsiya “Oltin to‘p” sohibini marosim oldidan bilishni istagan “Real Madrid” tomonidan bo‘lgan bosim haqida gapirdi.
“Real Madrid’ menga Vinisius g‘alaba qozongan yoki yo‘qligini bilish uchun bosim o‘tkazdi va ehtimol mening sukut saqlashim ularni Vini yutqazgan deb o‘ylashiga sabab bo‘ldi, shuning uchun ular tadbirga kelmadi. Men hayratdaman, lekin bu haqda gaplashib tunni o‘tkazishni xohlamayman. Men mukofot g‘olibi Rodri haqida gapirmoqchiman”, deya Garsiya so‘zlarini keltirmoqda L’Equipe.
Ma’lumot uchun, “Oltin to‘p” mukofotining bu yilgi sohibi “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri bo‘ldi. “Real Madrid” va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Vinisius Junior sovrin uchun ovoz berishda ikkinchi, Bellingem uchinchi bo‘ldi. Kuchli beshlikka Karvaxal (“Real”) va Erling Holand (“Manchester Siti”) kirdi.