Ispaniya terma jamoasi va "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri Ernandes "Oltin to‘p"ni topshirish marosimidan so‘ng "Real" futbolchilari Vinisius Junior va Jud Bellingem haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Jud va Vinisius ajoyib futbolchilar. Kelajak ularning qo‘lida. Ushbu ajoyib o‘yinchilar orasida g‘olib bo‘lganimdan juda faxrlanaman. Menga ovoz bergan barchaga minnatdorchilik bildiraman", - deb yozadi Sport.es ispaniyalikning so‘zlarini.