Bir kun avval “Oltin to‘p”ni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Nufuzli individual mukofot sohibi Angliyaning “Manchester Siti” klubida to‘p tepayotgan ispaniyalik yarim himoyachi Rodri Ernandes bo‘ldi.
Defensa Central xabariga ko‘ra, "Real Madrid" bu qarordan norozi, chunki ular braziliyalik Vinisius Juniorning g‘alabasini kutishgan.
"Los Blankos" rahbari Florentino Peresning fikricha, yakuniy tanlovga UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin ta’sir qilgan.
Sababi, “Real” Yevropa Superligasini tashkil etish tarafdori, bu esa UEFA pozisiyasiga ziddir.