Ispaniya terma jamoasi va "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri Ernandes "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritganidan so‘ng kelajagi haqida gapirdi.
“Ispaniya chempionatiga qaytasizmi? Bunga hozircha javob bera olmayman, lekin men ispan futbolini juda yaxshi ko‘raman.
La Liga doimo rivojlanib bormoqda. Hozir men Premyer-ligada o‘ynayapman, bu yerda hammasi menga mos keladi.
Lekin umid qilamanki, bir kun kelib vatanimga qaytib, u yerda yana o‘ynay olaman. Bu mening uyim", - deya yarim himoyachining so‘zlarini keltiradi AS.