"Manchester Yunayted" bosh murabbiy Ruben Amorim bilan muzokaralarda muvaffaqiyatga erishdi.
Jurnalist Florian Plettenbergning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar shartnomaning asosiy tafsilotlari bo‘yicha kelishib olishgan;
Endi mankunianliklar "Sporting" bilan shartlarni muhokama qilishmoqda.
Portugaliyalik mutaxassis mavsum davomida "Manchester Yunayted"ga o‘tishga tayyor, biroq uni hurmat qilgani uchun hozirgi klubiga bosim o‘tkazmoqchi emas.
Oldinroq "MYU" tovon sifatida 10 million yevro to‘lashi kerakligi ma’lum bo‘lgandi.