Rodri "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan tarixdagi uchinchi ispaniyalik futbolchiga aylandi.
Unga qadar ispaniyalik futbolchi "Oltin to‘p"ni 1957 va 1959 yillarda "Real"da Alfredo Di Stefano, 1960 yilda esa "Barselona"da Luis Suares Miramontes qo‘lga kiritgan.
Shu tariqa, France Football nashri tomonidan dunyoning eng yaxshi futbolchisi sovrini tarixda 4-marta ispaniyalik futbolchiga nasib etdi.
Eslatib o‘tamiz, Alfredo Di Stefano Buenos-Ayresda tug‘ilgan va faoliyati davomida Argentina, Kolumbiya (kolumbiyaliklar uchun faqat o‘rtoqlik o‘yinlarida o‘ynagan, chunki federasiya FIFAdan chetlatilgan) va Ispaniya terma jamoalarida o‘ynagan. 1956 yilda u Ispaniya fuqaroligini olgandi.