2023/2024 yilgi mavsum yakunida “Aston Villa” va Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines Fransiyaning France Football jurnali talqiniga ko‘ra dunyoning eng yaxshi darvozaboni nomiga beriladigan Lev Yashin mukofotini qo‘lga kiritdi.
Martines ketma-ket ikkinchi marta ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi.
Mukofot uchun boshqa nomzodlar: Diogo Koshta («Portu»), Janluidji Donnaruma («PSJ»), Gregor Kobel («Borussiya»), Andrey Lunin («Real»), Mayk Menyan («Milan»), Giorgi Mamardashvili («Valensiya»), Unai Saymon («Atletik»), va Yan Zommer («Inter»).