Franchesko Tottiga futbolga qaytishni taklif qilishdi.
Avvalroq, butun faoliyatini "Roma"da o‘tkazgan va 2017 yilda faoliyatini yakunlagan 48 yoshli sobiq futbolchi faoliyatini qayta tiklashi mumkinligi haqida gapirgandi: "Bu hazil emas. Men juda jiddiyman. Keling, tananing qanday munosabatda bo‘lishini ko‘ramiz", degandi Totti.
La Repubblica nashri xabariga ko‘ra, Totti bilan bog‘langan klublardan biri o‘z tarixida ilk bor A Seriyada o‘ynaytgan "Komo" klubi.
Fabregas ustozlik qilayotgan jamoa hujumkor yarim himoyachi va "Roma"ning sobiq sardoriga mavsum oxirigacha shartnoma taklif qilingan.