"Oltin to‘p" tashkilotchilaridan biri 2023/2024 yilgi mavsum uchun sovrin sohibi haqidagi OAV ma’lumotlariga javob qaytardi.
"Dushanba kuni tushdan keyin hech bir futbolchi yoki klub "Oltin to‘p"ni kim qo‘lga kiritganini bilmaydi. Barcha klublar va futbolchilar bir qayiqda", - dedi "Oltin to‘p" tashkilotchilaridan birining so‘zlaridan iqtibos keltiradi France Press.
2024 yilgi "Oltin to‘p"ni topshirish marosimi bugun, 28 oktyabr kuni Parijda bo‘lib o‘tadi. Avvalroq, sovrinni qo‘lga kiritish uchun favorit "Real" hujumchisi Vinisius Junior mukofotsiz qolishi haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi. Sovringa yangi asosiy da’vogar "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri. Keyinroq "Los Blankos" UYEFA va marosim tashkilotchilarini klubga hurmatsizlikda aybladi.