Brunu Fernandesh Erik ten Xagning ishdan bo‘shatilishi haqida gapirdi.
Bugun "Manchester Yunayted" o‘z bosh murabbiyini iste’foga chiqarganini rasman e’lon qildi.
"Hammasi uchun rahmat, xo‘jayin! Men ishonchni va birgalikda o‘tkazgan daqiqalarni qadrlayman. Kelajak uchun sizga eng yaxshi tilaklarimni tilayman.
Oxirgi safar barchamiz uchun unchalik yaxshi bo‘lmadi, lekin umid qilamanki, siz, muxlislar, murabbiyning klubimiz uchun qilgan yaxshiliklarini saqlab qolasizlar!" – deb yozdi “Manchester Yunayted” sardori Brunu Fernandesh ijtimoiy tarmoqlarda.