"Inter" bosh murabbiyi Simone Indzagi jamoasi "Yuventus" bilan o‘yinda g‘alabani qo‘ldan boy berganini tushunmayapti.
53-daqiqada "neradzurrilar" 4:2 hisobida oldinga chiqib olishdi, shundan so‘ng ular hisobdagi farqni oshirishlari mumkin edi, aksincha, mehmonlarning g‘alaba qozonishlariga imkon berishdi (4:4).
"Men xafaman. Biz kuchli raqibga qarshi o‘ynadik, ammo to‘rt marta gol o‘tkazib yuborishni qabul qilib bo‘lmaydi.
Ijobiy jihatlar haqida gapiradigan bo‘lsak, biz bilan bo‘lgan uchrashuvgacha «Yuventus» bor-yo‘g‘i bir marta to‘p o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, bugun yetti yoki sakkizta gol o‘tkazib yuborishi kerak edi.
Bizda beshinchi golni urish uchun to‘rt-beshta imkoniyat bo‘ldi, afsuski, barchasini o‘tkazib yubordik.
Biz qabul qilib bo‘lmaydigan gollarni o‘tkazib yubormoqdamiz. Balki, o‘tgan mavsumda shunday uchrashuvda yirik hisobda g‘alaba qozongan bo‘lardik", - deya Indzagining so‘zlarini keltiradi Football Italia.