"Benfika" hujumchisi Kerem Akturko‘g‘lu "Rio Ave" bilan o‘yinning birinchi bo‘limida (5:0) uchta gol urdi.
Opta portali xabariga ko‘ra, turkiyalik vinger Darvin Nunyesdan so‘ng Portugaliya chempionatida birinchi bo‘limda xet-trik qayd etgan (2021 yilning noyabrida "Belenensesh"ga qarshi o‘yinda 3 ta gol urgan) "Benfika"ning birinchi o‘yinchisi bo‘ldi.
Joriy mavsumda 26 yoshli Akturko‘g‘lu barcha turnirlarda 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.