Gari Nevillning fikricha, Erik ten Xag endi xatoga yo‘l qo‘ymaydi.
"Menga doim futbol o‘ynashga qodir bo‘lgan har qanday munosib jamoa "Manchester Yunayted"ni mag‘lub etishi mumkindek tuyulyapti. "Chelsi" maydonning turli sohalarida yetarlicha mahoratga ega, "Manchester Yunayted" tahdid ostida.
Menimcha, kelasi yakshanba kuni “Old Trafford”da yana bir mag‘lubiyatga haqqi yo‘qdek. O‘ylaymanki, biz haqiqiy tashvish tug‘diradigan darajaga yetyapmiz. Natijalar, gollar, sifatli o‘yinlar yo‘qligi meni xavotirga solmoqda va bularning barchasi har hafta oshib boraveradi.
Keyingi bir-ikki hafta ichida Ten Xagga bo‘lgan bosim chidab bo‘lmas holga keladi", — dedi mankunianliklarning sobiq himoyachisi o‘z podkastida.