"Bavariya" yarim himoyachisi Jamol Musiala bilan yangi shartnoma imzolashga harakatni davom etmoqda.
21 yoshli yulduzning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi kelasi mavsum yakunlanganidan keyin o‘z nihoyasiga yetadi.
"Jamol – ajoyib futbolchi va bu uning shartnomasini uzaytirish va uni klubimizning yangi yuziga aylantirish istagimizning sabablaridan biri. Driblingga kelganda u ajoyib instinktlarga ega. Albatta, bunday o‘yinchi jamoadoshlarini yaxshilaydi", - dedi "Bavariya" sport direktori Maks Eberl.
Yakshanba kuni Jamol Musiala Vensan Kompani jamoasiga “Boxum”ni mag‘lub etishda (5:0) yordam berib, gol va golli uzatmani amalga oshirdi.