Ofsayd tuzog‘i – "Barselona"ning Xans-Diter Flik davridagi qurollaridan biridir.
Yaqinda "Real Madrid" bilan o‘yinda (4:0) kataloniyaliklar raqiblarini 12 marta ofsaydda ushlab qolishdi. Umuman olganda, La Liganing 11 o‘yinida "blaugrana"ning raqiblari 77 marta ofsayd holatiga tushib qolgan.
Bu qanchalik ko‘p ekanligini tushunish uchun ularning eng yaqin ta’qibchilarining ko‘rsatkichlarini keltirishimiz mumkin: "Osasuna" 35 ta ushlangan ofsayd bilan Ispaniya chempionatida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Yevropaning beshta yetakchi ligasida “Barselona" so‘zsiz peshqadam: ingliz raqibi “Brayton” xuddi shunday 35 marta ofsaydda raqiblarni ushlagan.