«RB Leypsig» vingeri Xavi Simons 26 oktyabr kuni Myunxendagi klinikalardan birida operasiya qilindi.
21 yoshli niderlandiyalik futbolchi Chempionlar ligasining 3-turi doirasidagi «Liverpul»ga qarshi uchrashuvda (0:1) jarohat oldi. U 78-daqiqada almashtirildi.
Nemis klubining xabar berishicha, Simons 26 oktyabr kuni Myunxenda to‘pig‘i bo‘g‘imidan jarohat olgani uchun kichik jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan.
Futbolchining tiklanish davri bir necha hafta davom etadi.
Xavi joriy mavsumda 11 ta o‘yinda 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.