"Barselona" juda ajoyib hafta o‘tkazdi. Chempionlar ligasida Xans-Diter Flik shogirdlari “Bavariya”ni (4:1), Ispaniya chempionatida esa “Real”ni (4:0) mag‘lub etishdi. "el-klasiko"dan keyin "blaugrana" ustozi o‘z futbolchilariga qo‘shimcha ikki kun dam berdi.
"Men kelganimda, o‘yinchilar eng yaxshi o‘yin ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan muhit yaratmoqchi edim. Ular ajoyib mentalitetga ega. Endi biz uyga qaytib, bu g‘alabani nishonlashimiz mumkin. Men futbolchilarga qo‘shimcha ikki kun dam berdim!" - dedi Flik jurnalistlarga.
"Barselona" navbatdagi o‘yinini 3 noyabr, yakshanba kuni o‘z maydonida “Espanyol”ga qarshi o‘tkazadi.