Lamin Yamal Ispaniya chempionati doirasidagi safarda "Real"ga qarshi o‘yinda "Barselona"ning gollaridan biriga mualliflik qildi. Goldan keyin 17 yoshli futbolchi haqoratlarga, jumladan, irqiy haqoratlarga duch keldi.
La Liga yakshanba kuni bayonot berdi. Unda “Santyago Bernabeu”da yuz bergan haqoratlar yuzasidan zudlik bilan polisiyaga murojaat qilish niyati bildirilgan. La Liga "Real Madrid" muxlislarining tajovuzkor xatti-harakatlarini qoraladi.