"Manchester Siti"ning hujumkor yarim himoyachisi Bernardu Silva jamoadoshi Erling Xoland haqida gapirdi.
Angliya chempionatining 9-turida "Manchester Siti" o‘z maydonida turnir jadvalining so‘nggi jamoasi "Sautgempton"ni kamtarona 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Yagona golga Xoland mualliflik qildi.
"Bizning oldimizda jarima maydonchasida zo‘r o‘ynaydigan futbolchi bor. U ko‘proq va ko‘proq gol urishni xohlaydi. Bugun u bizga o‘yinda g‘alaba qozonishga yordam berdi va bizda shunday o‘yinchi borligidan juda xursandmiz", - deya Silvadan iqtibos keltiradi City Xtra.