"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniya chempionatining 11-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Real»ga qarshi o‘yin (4:0) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
«Biz o‘yinni yaxshi boshladik va birinchi bo‘limni a’lo darajada o‘tkazdik. Himoyamiz yuqorida o‘ynadi. Bu tavakkaldek ko‘rinishi mumkin, ammo aslida unday emas. Bu ish berdi. Tanaffusda esa biz to‘g‘ri qarorlar qabul qildik.
Futbolchilar yaxshi mehnat qilishdi. Ular raqb darvozasiga oldida o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Himoyada va hujumda nima qilish kerakligini barcha bilardi.
O‘yindan o‘yinga yaxshilanib borayotganimiz bizga yoqyapti. Bugun oson bo‘lmadi, ammo biz yaxshi himoyalandik. Biz o‘z g‘oyamizga ishonamiz va shunday ruhda ishlashda davom etishimiz kerak.
Tanaffusda o‘yinchi almashtirdik va yanada ko‘proq pressing qila boshladik. Ikkinchi bo‘limda to‘pni ko‘proq nazorat qildik. Aynan shu haqida gapirgandim.
Men hamisha jamoa qilayotgan ishga ahamiyat beraman. Bugun tanlagan rejamiz ish berdi. O‘yindan va natijadan qoniqish hosil qildik. Men ortga nazar solmayman», – dedi «Barselona» ustozi.