Ispaniya chempionatining 11-turi doirasida "Real" o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qildi.
Birinchi bo‘limda tomonlar tengma-teng kurash olib borishdi. Mbappe gol urgandi, ammo ofsayd tufayli u bekor qilindi.
Ikkinchi bo‘lim boshida esa Robert Levandovski ikki daqiqa ichida ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Dastlab Kasadoning uzatmasidan keyin polshalik futbolchi yakkama-yakka vaziyatga chiqib bodi hamda 16 metrlardan aniq zarba berib, Luninni dog‘da qoldirdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib esa Baldening uzatmasidan keyin Royert bosh bilan darvozasini ishg‘ol qildi.
Kilian Mbappe 66-daqiqada yana ofsayddan gol urdi. 77-daqiqada esa Rafinyaning uzatmasidan keyin Yamal "Real" darvozabonini dog‘da qoldirdi. Oradan 7 daqiqa o‘tib Rafinyaning o‘zi darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatda to‘pni Luninning ustidan oshirib, to‘rga joyladi — 0:4.
Ushbu g‘alabadan keyin "Barsa" o‘z ochkolarini 30 taga yetkazdi va "Real" bilan farqni 6 ochkoga yetkazdi.
Ispaniya chempionati, 11-tur
Real Madrid – Barselona 0:4 (0:0)
Gollar: 0:1 – 54 Levandovski, 0:2 – 56 Levandovski, 0:3 – 77 Yamal, 0:4 – 84 Rafinya.
Real Madrid – Lunin, Mendi (Fran Garsiya, 86), Ryudiger, Militao, Vaskes, Kamavinga (Braim Dias, 77), Tchuameni (Modrich, 63), Valverde, Bellingem, Vinisius Junior, Mbappe.
Barselona – Penya, Balde, Martines, Kubarsi, Kunde, Pedri (Gavi, 87), Kasado (Olmo, 65), Lopes (de Yong, 46), Rafinya, Yamal, Levandovski.
Ogohlantirishlar: Kasado (44), Kunde (69), Martines (75), Vinisius Junior (80), Penya (82), Militao (87), Gavi (90).