Xavi "Manchester Yunayted"da ishlash niyatida emas.
Xabar qilinishicha, vositachilar so‘nggi oylarda "Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi bilan ikki marta bog‘lanishgan.
Relevo xabariga ko‘ra, kataloniyalik mutaxassis "Manchester Yunayted" bilan kelishuvga erishmoqchi emas.
Shuningdek, u Qatar terma jamoasiga murabbiylik qilish niyatida emas - bu imkoniyat haqida ham ma’lumot e’lon qilingan.
Qayd etilishicha, Xavi mavsum oxirigacha dam olishga ahd qilgan.