Dortmundning «Borussiya» klubi «asalarilar» mavsumni beqaror boshlaganiga qaramay, bosh murabbiy Nuri Shahinni iste’foga chiqarish haqida o‘ylamayapti.
Bu haqda Bild yozmoqda. Manbaning yozishicha, klub rahbariyati Shahinni uzoq muddatli loyiha asoschisi sifatida qabul qilmoqda.
"Dortmundda Yurgen Kloppni bu vaziyatda namuna sifatida ko‘rishadi. 2008-yilda klubga qo‘shilganida unga jamoani rivojlantirish uchun vaqt berildi.
Uch yildan so‘ng esa u Bundesligada g‘alaba qozonishdi", — deya ta’kidlaydi manba.