"Vest Xem" hujumchisi Muhammad Kudus faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda deadlinedaylive xabar berdi.
Manbaning xabar berishicha, afrikalik futbolchini transferga Saudiyaning bir qancha klublari qiziqish bildirmoqda. Potentsial xaridorlar Kudus uchun 100 million yevro to‘lashga tayyor. Eslatib o‘tamiz, Muhammad "bolg‘achilar" lageriga Amsterdamning "Ayaks" klubidan 43 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgandi.
Hujumchi va London klubi o‘rtasidagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali ekspertlari uning qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.