"Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiola "shaharliklar"ning kelajagi haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.
"Men "Manchester Yunayted" bilan nima bo‘lganini bilaman, "Siti"da bunday bo‘lmaydi. Bir yoki bir necha kishi ketganidan keyin hamma narsa qulab tushsa, bu klub uchun juda yomon belgi.
Klub boshliqlari nima qilish kerakligini juda yaxshi bilishadi. Ular sabrli va xotirjam bo‘lishadi.
Mening bunga hech qanday shubham yo‘q", - dedi ispaniyalik mutaxassis.