Xerardo Martino MLS kubogi doirasida "Atlanta" ustidan qozonilgan g‘alabaga (2:1) baho berdi.
"Menga eng yoqqan tomoni shundaki, biz deyarli butun bahs davomida o‘yinni nazorat qildik. Biz tez-tez xato qilmadik, biroq raqibga bo‘sh maydonga yorib kirishiga imkon berdik.
Birinchi bo‘limda bizda beshta aniq golli vaziyatlar bo‘ldi, ulardan birida to‘p darvoza to‘sinidan biroz o‘tib ketdi.
Biz sabr qildik. O‘ylaymanki, agar Bredning o‘yini bo‘lmaganida (Guzan, "Atlanta" darvozaboni), uchrashuv yirikroq hisob bilan yakunlangan bo‘lardi", - dedi "Inter Mayami" ustozi.