Madridning “Real” klubi o‘z darvozaboni Tibo Kurtuadan ayrilganidan xavotirlanmasa ham bo‘ladi, deya xabar bermoqda Marca. Bunga ukrainalik darvozabon Andrey Luninning o‘yini sabab bo‘ldi.
Qayd etilishicha, Andrey madridliklar ustozi va futbolchilarining ishonchini to‘liq oqlagan. "Real Madrid" uni belgiyalik futbolchiga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘radi.
Kurtua jarohat olgan va "Barselona" bilan La Liganing 11-tur uchrashuvini o‘tkazib yuboradi. Katta ehtimol bilan Lunin darvozada o‘ynaydi.