Angliyalik yarim himoyachi Kelvin Fillips "Ipsvich"ni erta tark etishi mumkin. 28 yoshli futbolchi joriy mavsum "traktorchilar" safida ijara asosida o‘ynamoqda.
Football Insider xabariga ko‘ra, klub futbolchining hozirgi holatidan juda norozi. Va agar u yaqin oylarda jamoaga qo‘shilib keta olmasa, shu yilning yanvar oyida "Manchester Siti"ga qaytarilishi mumkin.
Ayni damda yarim himoyachi barcha musobaqalarda "Ipsvich" safida bor yo‘g‘i oltita o‘yinda maydonga tushgan. Futbolchining urgan gollari va uzatmalari soni nolga teng.