Erik ten Xag Antonining jarohati haqida gapirdi.
"Manchester Yunayted" vingeri "Fenerbaxche"ga qarshi o‘yinda maydondan zambilda olib chiqib ketildi. Braziliyalik futbolchi bor-yo‘g‘i 16 daqiqa o‘ynaganidan so‘ng jarohat olib, maydonni tark etdi.
"U haqiqatan ham hozir jarohat olgan. Men uning holatini juda yaxshi his qilaman, chunki u mashg‘ulotlarda juda ko‘p mehnat qilayotgandi.
Uning mashg‘ulotlardagi natijalari shunchalik yaxshiki, u maydonga tushishga loyiq", - dedi "Manchester Yunayted" ustozi.