"Bayer" bosh murabbiyi Xabi Alonso vinger Amin Adlini yo‘qotish haqida gapirdi.
Shifokorlarning prognoziga ko‘ra, futbolchi faqat keyingi yilning yanvar oyi oxirida maydonga qaytishi mumkin.
"Aminning jarohati biz uchun katta yo‘qotish. U juda muhim futbolchi va jamoaga juda katta ta’sir ko‘rsatadi.
Biz hammamiz uni juda qadrlaymiz. Kecha u bilan operasiyadan so‘ng gaplashdim, u yaxshi", — deya Alonsoning so‘zlarini keltirmoqda Sky Germany.