Erik ten Xagning aytishicha, jarohatlar "Manchester Yunayted"ga ta’sir qilmoqda.
"Ha. Bu bizning darajamiz va ligadagi o‘rnimizga salbiy ta’sir qiladi. Chunki yaroqli o‘yinchilar bo‘lmasa, eng yaxshi tarkibni maydonga tushira olmaysiz. Ayni paytda bizni to‘xtatib turadigan narsa shu.
Bizga ko‘proq tayyor futbolchilar kerak. Biz yaxshiroq harakat qilishimiz va ko‘proq o‘yinchilarga ega bo‘lishimiz kerak, chunki biz ularga ega bo‘lgach, biz haqiqatan ham qiyin raqibga aylanamiz.
Hamma safda bo‘lsa, biz juda va juda muvaffaqiyatli bo‘lishimiz mumkin. Oxirgi bir necha oy ichida shuni ko‘rsata oldik", dedi “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi.