Fransiya Professional futbol ligasi apellyasiya qo‘mitasi "PSJ" klubining sobiq hujumchisi, hozirda “Real” klubi futbolchisi Kilian Mbappening 55 million yevro miqdoridagi qarzini to‘lashi shart degan qarorga keldi, deb xabar beradi AS.
Avvalroq LFP fransuz gigantini futbolchiga belgilangan summani to‘lashga majburlagan edi, biroq u bu qarordan bosh tortgan va apellyasiya bergan edi. Parij klubining hujumchiga qarzi to‘lanmagan maoshi bilan bir qatorda bonuslarni ham o‘z ichiga oladi.
Mbappe "Real"ga yozgi mavsumda erkin agent sifatida qo‘shildi.