"Nyukasl Yunayted" hujumchisi Aleksandr Isak "magpilar" bilan yangi shartnomaga rozi bo‘lishni rejalashtirmayapti, deb xabar beradi Daily Mail.
Shvesiyalik futbolchining klub bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Biroq, manbaga ko‘ra, dastlabki muzokaralar Isak hamkorlikni uzaytirishni istamasligini ko‘rsatdi.
O‘tgan yozda muzokaralar to‘xtab qolgandi va hozircha yangi shartnoma bo‘yicha hech qanday muhokama yo‘q, chunki klub ham, futbolchi ham buni nomaqbul deb hisoblaydi. Vaziyatni 25 yoshli forvardga qiziqish bildirayotgan "Arsenal" jamoasi kuzatib bormoqda.