"An-Nasr" himoyachisi Aymerik Laport Yevropaga qaytishi mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, 30 yoshli futbolchini "Real Madrid" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
"Qirollik" klubi rahbariyati futbolchini yanvar oyidagi transfer oynasida sotib olishga urinishi mumkin. Aymerikning bozor qiymati 20 million yevro.
Futbolchining “An-Nasr” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilda yakuniga yetadi.