"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Pol Skoulz yana jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xagni tanqid qildi.
“Qizil iblislar” Yevropa ligasi doirasida Turkiyaning “Fenerbaxche” jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazdi.
Skoulzning fikricha, niderlandiyalik murabbiy har bir o‘yinda optimal tarkibga tayanishi kerak, chunki u ishini yo‘qotish xavfi bor.
“Ten Xag futbolchilarga dam beradigan holatda emas. Eng yaxshilar maydonga kirishi kerak. U o‘yinlarda g‘alaba qozonishi kerak, chunki u bosim ostida.
Yakshanba kunini unuting. Ajoyib formada bo‘lgan Xyoylundni maydonga tashlang" - deya uqtirdi mashhur sobiq yarim himoyachi.