"Chelsi" bosh murabbiyi Enso Mareska Konferensiyalar ligasida "Panatinaikos"ga qarshi o‘yindan (4:1) keyin o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Ajoyib ijro. Uchrashuv boshida biroz qiynaldik, ammo keyin moslashib, ancha yaxshi o‘ynadik. Men har doim aytganman, eng muhimi, tarkib qanday bo‘lishidan qat’i nazar, jamoaning o‘ziga xosligi meni qiziqtiradi.
Biz hali ham ba’zi jihatlarni yaxshilashimiz mumkin", - deya Mareskaning so‘zlarini keltiradi Football London.