«Barselona» darvozaboni Voysex Shesni Xansi Flikdan asosiy tarkibda maydonga tushirishini so‘ramaganini aytdi.
«Flik bilan ko‘p gaplashdik. Men unga 100 foiz tayyor bo‘lsam ham, Penya o‘rniga o‘zimni qo‘yishni so‘ramadim, chunki jamoada asosiy tarkib yaxshi tuzilgan, hammasi yaxshi ketayotgan paytda tarkibda o‘zgarishlar qilish orqali klubining o‘yin sifatni buzish mumkin.
Shuning uchun men asosiy tarkibda o‘ynash imkoniyatini kutib o‘tiraman, qachonki murabbiy meni maydonga tushirsa, o‘shanda klub uchun o‘zimning eng yaxshi o‘yinimni ko‘rsatishga xarakat qilaman. Jamoa yaxshi ishlamoqda va bu men uchun eng muhimi», - dedi 34 yoshli polshalik darvozabon.