Ukrainalik futbolchi Aleksandr Zinchenko yoshlar jamoasi bilan shartnoma tuzgan holda ikki marta APLda chempionlik unvonini qo‘lga kiritgani haqida gapirdi.
Aynan 2016 yilda Pep Gvardiola «Manchester Siti»ni boshqargan edi.
«O‘shanda ular menga - "Mana, bu sizning yoshlar jamoasi bilan shartnomangiz. Kattalar jamoasidagi birinchi o‘yiningizni o‘tkazishingiz bilan to‘liq shartnoma olasiz», deb aytishgan. Lekin qachon menga to‘liq shartnoma taklif qilishganini bilasizmi? Premyer-ligada 43 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita chempionlik unvonini qo‘lga kiritganimda», - deya Zinchenko so‘zlarini keltiradi "Daily Mail".