"Manchester Siti" hujumchisi Fil Foden tig‘iz o‘yinlar taqvimi haqida gapirdi.
"O‘tgan yili juda ko‘p o‘yinlar bo‘ldi. Men jarohat olmaslik uchun qo‘limdan kelgan hamma narsani qildim.
Men biroz charchab qaytdim va bu normal holat. Rodri va boshqa futbolchilar ham charchagan edi. Qanchalik ko‘p o‘ynaganimizni hisobga olsak, qandaydir vaqt yaxshi formada bo‘lmasligingiz normal holat", - deya Fodenning so‘zlarini keltiradi jurnalist Jo Brey.
Joriy mavsumda 24 yoshli Foden barcha turnirlarda to‘qqizta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.