"Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi Ditmar Xamann klubning moliyaviy qoidalarni buzgani uchun jazolanishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Premyer-liga "Manchester Siti"ning quyi ligaga tushib ketishidan manfaatdor emas. Biz kutishimiz va bu jarayonlar bilan nima sodir bo‘lishini ko‘rishimiz kerak.
"Agar "Manchester Siti" barcha 115 ta band bo‘yicha aybdor deb topilsa, uning taqdiri nima bo‘lishini bilmayman, ammo qoidalarga hamma amal qilishi kerak, shunda har bir klub muvaffaqiyatga erishish imkoniyatiga ega bo‘ladi", dedi Xamann Flashscore nashriga.